softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Eng kambag‘al yoshlarga ega mamlakat aniqlandi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Eng kambag‘al yoshlarga ega mamlakat aniqlandi

Batafsil o'qish:

15 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan ruminiyaliklarning 25,4 foizi Yevropa Ittifoqida eng yuqori qashshoqlik darajasiga ega. Bunga ijtimoiy siyosat va ish o‘rinlarining yo‘qligi sabab bo‘lmoqda, deya xabar beradi euronews.com.

Iqtisodga oid so‘nggi ma’lumotlar Ruminiya Yevropa Ittifoqida 15 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida jiddiy moddiy va ijtimoiy mahrumlik darajasi eng yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich 25,4 foizni tashkil etadi, bu Yevropa Ittifoqining o‘rtacha ko‘rsatkichidan uch baravar ko‘p.

Mutaxassislarning aytishicha, bu ijtimoiy siyosatning yo‘lga qo‘yilmaganligi va maoshli ish o‘rinlarining taqchilligi bilan bog‘liq. 18,6 foiz bilan Bolgariya ikkinchi, Gresiya 14,9 foiz bilan uchinchi o‘rinda.

Boshqa tomondan, Sloveniya, Avstriya, Lyuksemburg, Xorvatiya va Polsha kabi Evropaning 12 ta davlatida bu ko‘rsatkich 3% dan kam.




Manba: www.aniq.uz