AQSh Kosmik kuchlari «Oltin gumbaz»ni yaratish 1,5 trln dollardan ortiqqa tushishini baholadi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Amerika Kosmik kuchlari shtab boshlig‘ining ta’kidlashicha, Kongress ajratishni rejalashtirayotgan 542 mlrd dollar ushbu tizimni ishga tushirishga yetmaydi.
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif qilingan «Oltin gumbaz» raketalarga qarshi mudofaa tizimi dasturini yaratish uchun 1,5 trillion dollardan ortiq mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu haqda Amerika Kosmik kuchlari shtab boshlig‘i general Bredli Chens Zalsman ma’lum qildi.
Xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada chiqish qilgan Zalsman AQSh Kongressi raketalarga qarshi mudofaa tizimini yaratish uchun ajratish rejalashtirilayotgan 542 milliard dollarlik budjet mablag‘lari yetarli emas.
«Qo‘shimcha moliyalashtirish talab etiladi», — deydi general.
Uning ta’kidlashicha, dastur past va o‘rta Yer orbitasida sun’iy yo‘ldoshlar arxitekturasini yaratishni o‘z ichiga oladi — bu Xitoy va Rossiya kabi davlatlarning gipertovushli raketalari hamda boshqa murakkab tahdidlarini aniqlash, kuzatish hamda yakson etish uchun zarur.
«Oltin gumbaz» dasturi AQSh sobiq prezidenti Ronald Reyganning Yadro hujumidan mamlakatni himoya qilishga qaratilgan Strategik mudofaa tashabbusi bilan solishtirilmoqda. O‘sha paytdagi raketalarga qarshi mudofaa dasturi nihoyat yuqori xarajatlar va texnologik cheklovlar sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.
Zalsmanning aytishicha, «Oltin gumbaz» loyihasi hali ishlab chiqilish bosqichida. Asosiy reja tayyor bo‘lgach, u mudofaa vaziri Pit Hegsetga topshiriladi va u orqali Oq uy tasdig‘iga taqdim etiladi.
Avvalroq Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi va uning ikki sherigi yangi avlod «Oltin gumbaz» raketalarga qarshi tizimini yaratishga asosiy nomzodlarga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.