softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kreml Putin-Zelenskiy uchrashuvi qachon o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Kreml Putin-Zelenskiy uchrashuvi qachon o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi

Batafsil o'qish:

Buning uchun muzokaralar olib borayotgan delegatsiyalar «ma’lum kelishuvlarga» erishishi kerak.

Foto: Sefa Karacan/Anadolu via Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin, biroq muzokaralar olib borayotgan delegatsiyalar «ma’lum kelishuvlarga» erishgandan keyingina», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

«Biz bunday uchrashuvni ikki tomon delegatsiyalarining ma’lum kelishuvlarga erishish yo‘lidagi faoliyati natijasi deb hisoblaymiz, lekin aynan ish natijasida va ikki tomon kelishuvlari ko‘rinishida ma’lum natijalarga erishilganidan keyin bo‘lishi mumkin», dedi Peskov.

Peskov, shuningdek, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun o‘z shartlari ro‘yxatini tayyorlayotganini va uni Ukrainaga topshirishini tasdiqladi. Avvalroq rossiyalik muzokarachilar rahbari Vladimir Medinskiy Moskva va Kiyev bunday shartlarni navbatdagi uchrashuvgacha batafsil bayon qilishga kelishib olganini aytgandi.

Istanbuldagi Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida «keyingi qadam yetakchilar darajasida uchrashuv tashkil etish bo‘lishi kerakligini» aytdi. Medinskiyning aytishicha, muzokaralar davomida Ukraina delegatsiyasi bunday uchrashuvni taklif qilgan va rossiyalik muzokarachilar «bu iltimosni inobatga olgan».

Muzokaralardan bir necha kun oldin Zelenskiy Putinni Turkiyada shaxsiy uchrashuv o‘tkazishga qayta-qayta chaqirgan edi. Muzokaralar boshlangan kuni u Anqaraga bordi va yana bir bor Rossiya prezidenti bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. Putin bu taklifga hech qanday munosabat bildirmadi.