softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

EI byudjeti doirasida Ukraina jamg‘armasi tuziladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

EI byudjeti doirasida Ukraina jamg‘armasi tuziladi

Batafsil o'qish:

Evropa parlamenti nihoyat Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida uzoq muddatli moliyaviy yordam ajratishni qo‘llab-quvvatladi. 27 fevral, seshanba kuni Strasburgdagi yalpi majlisda Yevropa Ittifoqi parlamenti 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan Yevropa Ittifoqi byudjeti doirasida Ukraina jamg‘armasini tashkil etish qoidalariga tegishli tuzatishlarni kiritgan rezolyusiya uchun ovoz berdi.

Hujjatni 536 deputat qo‘llab-quvvatladi, 40 nafari qarshi chiqdi, yana 39 nafari betaraf qoldi. Shu tariqa, hisobot hammuallifi, «Evropa xalq partiyasi»dan nemis deputati Mixael Galer ovoz berishdan oldingi debatlar chog‘ida ta’kidlaganidek, Yevropa Ittifoqi mart oyi boshida Ukrainaga birinchi transhni berishi mumkin.

Galerning ta’kidlashicha, Ukraina jamg‘armasi tashkil etilishi YEI Kiyevga bergan va’dalarini bajarayotganidan dalolatdir.

Ukraina jamg‘armasining maqsadi - «davlat ishlashda va o‘z vazifalarini bajarishda davom etishi uchun» Ukrainaga byudjet yordamini ko‘rsatish, dedi Galer. YEI pullari mamlakatni qayta qurish va Ukraina hukumatiga YEIga qo‘shilish uchun zarur bo‘lgan islohotlarni amalga oshirishda yordam berish uchun ham sarflanadi




Manba: www.aniq.uz