softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

OAV: Hamasning navbatdagi qo‘mondoni Muhammad Sinvar ham o‘ldirildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

OAV: Hamasning navbatdagi qo‘mondoni Muhammad Sinvar ham o‘ldirildi

Batafsil o'qish:

Sinvardan tashqari uning 10 nafar yordamchisining ham jasadi topilgan. Ular Isroil tomonidan 13 may kuni yo‘llangan aviazarbalar oqibatida halok bo‘lgan.

Foto: REUTERS

G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahrida joylashgan tunneldan HAMAS yetakchisi Muhammad Sinvarning jasadi topildi. U Isroil avizarbasi oqibatida bir necha kun oldin o‘ldirilgan, deb xabar beradi Al Arabiya o‘z manbalariga tayanib.

Xon Yunusdagi Yevropa shifoxonasi hududidan Sinvardan tashqari uning 10 nafar yordamchisining ham jasadi topilgan.

Isroil harbiylari Xon Yunusdagi Yevropa shifoxonasiga 13 may kuni aviarzarbalarni amalga oshirgan edi. TSAHAL xabariga ko‘ra, shifoxona ostida HAMASning qo‘mondonlik punkti bo‘lgan.

Isroil Mudofaa armiyasi hozircha Muhammad Sinvarning o‘limini tasdiqlamadi. Mudofaa vaziri Israel Kats tashqi ishlar va mudofaa qo‘mitasiga hozircha Sinvarning o‘limi haqida hech qanday rasmiy tasdiq yo‘qligi, ammo «barcha belgilar bo‘yicha u yo‘q qilingani»ni bildirgan.

Muhammad Sinvar — 2024 yil oktyabr oyida G‘azo sektorida o‘ldirilgan HAMASning oldingi yetakchisi Yahyo Sinvarning ukasi. Yahyo Sinvar o‘tgan yilning avgustida Ismoil Haniya o‘ldirilganidan keyin HAMAS siyosiy byurosi rahbariga aylangan edi. Muhammad Sinvar ham akasi kabi HAMAS tarkibiga yoshligidan qo‘shilgan. Isroil maxsus xizmatlari bir necha bor uni o‘ldirishga uringan, ammo shu kungacha buni uddalay olmayotgan edi.