softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor

Batafsil o'qish:

Kema machtasi ko‘prikning ostki qismiga urilishi oqibatida sinib tushgan. Hodisa oqibatida kamida 19 kishi jarohat olgan va shifoxonalarga yotqizilgan, ikki nafarining ahvoli og‘ir. Yana ikki kishi halok bo‘lgan.

Foto: X / NYCMayor

Nyu Yorkda Meksika Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli Cuauhtemoc kemasi Bruklin ko‘prigining pastki qismi bilan to‘qnashib ketdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda kemaning chiroqlar ilingan machtasi ko‘prikning ostki qismiga urilishi oqibatida sinib tushganini ko‘rish mumkin.

Nyu York meri Erik Adamsning so‘zlariga ko‘ra, kema bortida 277 kishi bo‘lgan. Kamida 19 kishi jarohat olgan va shifoxonalarga yetkazilgan, ikki nafarining ahvoli og‘ir. Yana ikki kishi halok bo‘lgan.

Meksika prezidenti Klaudia Sheynbaum kemaning halok bo‘lgan ekipaji a’zolari yaqinlariga hamdardlik bildirib, Nyu York meriga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik izhor etdi.

Meksika Harbiy dengiz kuchlari bayonotida aytilishicha, kema 6 aprel kuni Akapulkodan safarga chiqqan. Uning vazifasi «dengizchilik ruhini oshirish, harbiy-dengiz ta’limini mustahkamlash hamda Meksika xalqining tinchlik va ezgulik haqidagi murojaatini dengizlar va portlarga yetkazish» bo‘lgan. Kema Nyu Yorkka, undan so‘ng esa Islandiya, Shotlandiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga borishi rejalashtirilgan edi.

Dastlabki ko‘zdan kechirishlardan keyin kemaga shikast yetmagani aniqlangan, hozirda u omma uchun yana ochilgan.

Nyu York shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakiliga ko‘ra, Bruklin ko‘prigidan biroz pastroqda joylashgan 17-pirsga bog‘langan kema Nyu York portidan chiqib, janub tomon suzishi kerak bo‘lgan. Biroq buning o‘rniga u noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlangan.