softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi

Batafsil o'qish:

Foto: Getty Images

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Vatikanda yangi Rim papasi Lev XIV ni taxtga o‘tkazish marosimida qo‘l berib ko‘rishdi. Ibodatdan so‘ng Zelenskiy yangi pontifik, shuningdek, Vens va AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi.

Marosimda Zelenskiy Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen bilan yonma-yon o‘tirdi. Vens ham yaqin joyda edi.

Zelenskiy va Vens oxirgi marta fevral oyida Oq uyda uchrashgan, o‘shanda Zelenskiy, Vens va Tramp o‘rtasida Ukrainadagi urush va AQShning yordami uchun minnatdorlik haqida tarixiy tortishuv ro‘y bergandi. Aprel oyida Zelenskiy Vatikandagi Papa Fransiskning dafn marosimida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgandi.

Katolik cherkovining yangi rahbari o‘z ibodati yakunida Ukrainadagi urushdan xavotir bildirib, shunday dedi: «Jabrdiyda Ukraina adolatli va mustahkam tinchlik bo‘yicha muzokaralar boshlanishini kutmoqda».

Ibodatdan so‘ng u Ukraina prezidenti va birinchi xonim Yelena Zelenskaya bilan uchrashdi.

«Biz bugungi tantanali marosimdagi adolatli tinchlik zarurligi haqidagi alohida so‘zlar va Ukrainaga bo‘lgan e’tibor uchun minnatdormiz», – dedi Zelenskiy.

U Rim papasini «bunday maxsus missiyaning boshlanishi bilan» tabrikladi.

«Barcha insonlar uchun adolatli tinchlik va munosib hayot haqidagi duolar ijobat bo‘lsin», – dedi Ukraina prezidenti.

Keyinroq Ukraina prezidenti ofisi Zelenskiy Jyey Di Vens va AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan ham uchrashuv o‘tkazgani ma’lum qilindi.

«Prezident Istanbuldagi muzokaralar va Rossiya tomonidan mustahkam sulh rejimini o‘rnatish uchun qo‘yilgan noreal shartlar haqida ma’lumot berdi. Rossiya delegatsiyasining past darajasi uning hech qanday qaror qabul qilish vakolatiga ega emasligini ko‘rsatdi», – deyiladi prezident ofisi xabarida.

Zelenskiy Rossiya o‘zi taklif qilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini qanday buzgani haqida ham gapirgan.

«Bularning barchasi Moskva urushni to‘xtatish niyatida emasligini ko‘rsatadi va aynan shu tufayli Rossiyani to‘liq, so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga majburlash uchun bosim o‘tkazish zarur», – dedi u.

Ukraina prezidenti ofisi ma’lum qilishicha, uchrashuvda har bir tomonning pozitsiyasi va vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan keyingi qadamlar, jumladan, Rossiyaga qarshi kuchli sanksiyalar batafsil muhokama qilingan.

Juma kuni Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari bo‘lib o‘tayotganda, Rim papasi Vatikanni tomonlar uchrashadigan joy sifatida taklif qilishi mumkinligini aytgandi. U papa sifatidagi ilk nutqida esa Ukrainada tinchlik o‘rnatish masalasiga alohida urg‘u qaratgandi.