softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi

Batafsil o'qish:

So‘nggi bir hafta ichida Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan G‘azo sektorida «HAMASga tegishli 670 dan ortiq obektga zarba berildi».

Foto: AP

Isroil Mudofaa armiyasi «Gideon jangovar aravalari» nomini olgan operatsiya doirasida «keng ko‘lamli quruqlikdagi harakatlar» boshlanganini e’lon qildi.

TSAHAL bayonotida qayd etilishicha, so‘nggi bir hafta ichida Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorida «HAMASga tegishli 670 dan ortiq terrorchilik obektiga zarba bergan» va «G‘azo sektorida harakat qilayotgan qo‘shinlarga doimiy ko‘mak ko‘rsatmoqda».

Isroil bosh vaziri kanselyariyasi maslahatchisi Dmitriy Gendelmanning ma’lum qilishicha, Isroil operatsiyaning hal qiluvchi bosqichiga kirgan. «TsAXAL egallagan har bir metr — bu HAMASni tor-mor qilish, garovdagilarni ozod etish va barqarorlikni qayta tiklash yo‘lidagi navbatdagi qadamdir. Isroil urush istamaydi, ammo uni yuritishdan ham, g‘alaba qozonishdan ham qo‘rqmaydi», — deb yozadi Gendelman.

The Sunday Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, agar yaqin kunlarda HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Isroil armiyasi operatsiya davomida G‘azodagi tinch aholini majburan uchta hududga ko‘chirishni, bu hududlarni esa to‘rtta egallangan zona bilan ajratishni rejalashtirgan. Biroq TsAXAL bu rejalarni hozircha rasman tasdiqlamagan.

Harbiylar tomonidan operatsiyaning boshlanishi e’lon qilinganidan so‘ng, garovga olinganlar oilalari shtabi bayonot bilan chiqib, bu harakatlar «garovda qolayotganlar o‘limiga olib kelishi va halok bo‘lganlarning jasadini qaytarish imkoniyatini butunlay yo‘q qilishi mumkin»ligidan ogohlantirdi.

5 may kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azo sektorida yanada shiddatli hujum boshlanishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning asosiy maqsadi o‘zgarishsiz qolmoqda – HAMAS guruhini yo‘q qilish. 13 may kuni esaNetanyahu G‘azodagi harbiy operatsiya tez orada yakunlanishini e’lon qildi va HAMAS «u yerda qolmasligini» ta’kidladi.