Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Polsha davlati rahbari saylovining birinchi bosqichida nomzodlarning hech biri 50 foiz ovoz ololmadi. Ipsos so‘roviga ko‘ra, Rafal Tshaskovskiy va Karol Navrotskiy ikkinchi bosqichga chiqadi.
Foto: Sergei Gapon/AFP
Polshada 18 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida, ekzitpollar natijalariga ko‘ra, 13 nomzodning hech biri birinchi turda g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan 50 foiz ko‘pchilik ovozni ololmagan.
AFP agentligining Ipsos jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti so‘rovi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, 1 iyunga belgilangan ikkinchi turda hukmron Fuqarolik koalitsiyasidan nomzod Varshava meri, liberal-konservativ Rafal Tshaskovskiy bo‘ladi. U, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 30,8 foiz ovozini, milliy-konservativ "Huquq va adolat" partiyasi nomzodi Karol Navrotskiy 29,1 foiz ovoz oldi.
Bu ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ta o‘ng «Konfederatsiya» assotsiatsiyasi nomzodi Slavomir Mentsen 15,4 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinda. Saylovchilarning 66,8 foizi ishtirok etgani taxmin qilinmoqda. Polshada joriy prezidentlik saylovlarida deyarli 29 million fuqaro ovoz berish huquqiga ega.