softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi

Batafsil o'qish:

Ushbu tartib 2025 yil 30 iyundan ishga tushadi. QR-kodga ariza berishni safardan 72 soat oldin amalga oshirish kerak.

Foto: AP

Vizasiz tartibda Rossiyaga boradigan chet el fuqarolari, jumladan, o‘zbekistonliklar ham chegarada QR-kod ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. Tartib joriy yil 30 iyunidan amalda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xabar berdi.

QR-kod «Gosuslugi RuID» mobil ilovasi orqali olinadi. Buning uchun ilovada ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabinet yaratish, so‘ng fotosurat va shaxsiy ma’lumotlar yuklab, Rossiyada bo‘lish muddatini ko‘rsatish lozim.

QR-kod uchun ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi shart. Agar Rossiyaga borish zarurati to‘satdan (masalan, og‘ir kasallik yoki yaqin qarindosh vafoti) paydo bo‘lsa, arizani 4 soat qolganda ham topshirish mumkin.

Bunday ro‘yxatdan o‘tishdan Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bolalar, shuningdek,  viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar ozod etiladi.

6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi — ularda ham shaxsiy ro‘yxatdan o‘tish kodi bo‘lishi shart.

Bu tartib Rossiya hukumatining 2024 yil 7 noyabrdagi “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasiga kirish hamda chiqish qoidalari, shartlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tajriba o‘tkazilishi to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga kiritilmoqda.