softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

Batafsil o'qish:

Argentinaning Buenos-Ayres provinsiyasida kuchli yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘ldi. Odamlarni qutqarishda o‘t o‘chiruvchilar, fuqaro mudofaasi kuchlari va politsiya ishtirok etmoqda. Rasmiylar tabiiy ofatda iqlim o‘zgarishini ayblamoqda.

Foto: REUTERS/Matias Baglietto

Argentina sharqida, Buenos-Ayres provinsiyasida kuchli yomg‘ir sabab suv toshqini uch kundan beri davom etmoqda. Rasmiylarning ta’kidlashicha, 18 may, yakshanba kuni hududda har kvadrat metrga 400 mmgacha yog‘ingarchilik yog‘gan, oylik norma esa - o‘rtacha 45 mm. Meteorologlar kuchli yog‘ingarchilik va bo‘ronli shamol davom etishini bashorat qilmoqda, deya xabar beradi AFP.

7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan, deya xabar beradi mahalliy hokimiyat. 300 ga yaqin o‘t o‘chiruvchilar, fuqarolik mudofaasi kuchlari va politsiya xodimlari bunda ishtirok etmoqda. Odamlarni qutqarish uchun ular barcha mavjud suv kemalaridan, jumladan, rezina qayiq va kayaklardan foydalanilyapti.

O‘rta kattalikdagi Kampana va Sarate shaharlari falokatdan jabr ko‘rdi. Bundan tashqari, Buenos-Ayresning ayrim chekka hududlari, avtomobil yo‘llari va qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan. Kampana shahrida bir necha oila tunning bir qismini suv bosgan uylarining tomlarida o‘tkazdi. 44 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus poytaxtni mamlakat ichki hududlari bilan bog‘lovchi yo‘llardan birida 10 soatdan ortiq vaqtga to‘xtab qoldi, deb yozadi AP agentligi.

Buenos-Ayres provinsiyasi gubernatori Aksel Kisilofning aytishicha, falokatli ob-havo anomaliyasiga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lgan.

Mart oyi boshida Buenos-Ayres provinsiyasi janubida joylashgan Baiya-Blanka shahrida suv toshqini oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan, 1400 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. O‘shanda bu aholi punktida bir sutkadan kamroq vaqt ichida taxminan 300 mm yog‘ingarchilik kuzatildi.