softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Xitoy Yevropada elektromobillar ishlab chiqarishni xavf ostiga qo‘ydi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Xitoy Yevropada elektromobillar ishlab chiqarishni xavf ostiga qo‘ydi

Batafsil o'qish:

XXR tomonidan nodir metallar eksportiga nisbatan joriy etilgan cheklovlar sabab iyun oyidan elektromobillar ishlab chiqarish to‘xtatilishi mumkin.

Foto: DPA

Xitoy tomonidan nodir elementlar eksportiga qo‘yilgan cheklovlar sabab butun dunyoda elektromobillar ishlab chiqarish jarayonlari xavf ostida qoldi, deb xabar beradi Automobilwoche nashri.

Qayd etilishicha, ushbu elementlar — elektromotorlarda ishlatiladigan doimiy magnitlar ishlab chiqarishda muhim material hisoblanadi.

Doimiy magnit bo‘yicha global ishlab chiqarish bozorining 90 foizini va qayta ishlanadigan nodir metallarning deyarli barchasini nazorat qiladigan Xitoy eksportni bir oydan oshiq muddatga to‘xtatib qo‘ygan. Bunga AQSh bilan savdo munosabatlari keskinlashgani sabab bo‘lmoqda.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Yevropa va Amerika kompaniyalari 4-6 haftalik zaxiralarga ega, ammo tayyor modullar yetishmovchiligi hozirdan kuzatilmoqda. Yetkazib berishlar qayta tiklanmasa, elektromobil ishlab chiqarish iyun o‘rtalariga borib to‘xtatilishi mumkin.

Tahlilchilarning fikricha, ushbu inqiroz 2021-2022 yilda kuzatilgan chiplar defitsitidan ham kuchliroq zarar yetkazishi mumkin, chunki u Yevropa faol ravishda rivojlantirayotgan elektromobil infratuzilmasining katta ta’sir ko‘rsatadi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoy bilan muzokaralar asosida o‘zaro tarif stavkalarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Xitoy eksporti uchun tariflarni 120 foizdan 54 foizga o‘zgartirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.