softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi

Batafsil o'qish:

Amerikalik olimlar olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, ekstremal ob-havo hodisalari odatdagidan ko‘proq sodir bo‘ladi.

Foto: Getty images

Ekstremal ob-havo hodisalari, ayniqsa, Texas shtatida, global ma’lumotlar bazalarida qayd etilganidan ancha ko‘p sodir bo‘ladi. Texas universiteti tadqiqotchilari Mettyu Presser va Paola Passalakkuaning aniqlashicha, yirik suv toshqinlari va xavfli jaziramalar soni hamda ular yetkazgan zarar jiddiy baholanmayapti. Tadqiqot natijalari AGU Advances jurnalida chop etilgan.

Olimlar 2001–2020 yillar oralig‘ida sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan ma’lumotlarni — harorat va yog‘ingarchilik darajalarini tahlil qilib, Texasdagi iqlim xavfining ancha to‘liq manzarasini tuzgan. Ular NOAA va Dartmouth Flood Observatory’da keltirilgan rasmiy ko‘rsatkichlarga qaraganda uch baravar ko‘proq suv toshqinlari yuz bergani va 320 million dollarlik hisobga olinmagan iqtisodiy zarar mavjudligini aniqlagan.

Avvalgi iqlimiy tadqiqotlarda «issiqlik» deganda ko‘pincha faqat ma’lum darajadan yuqori bo‘lgan haroratli kunlar nazarda tutilgan. Yangi tadqiqotda esa alohida issiq muddatlar, ya’ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan namlik-harorat indeksi 30 darajadan oshgan kunlar ham ekstremal hodisa sifatida baholangan. Ma’lum bo‘lishicha, 2003 yildan 2020 yilgacha Texasda bunday xavfli kunlar soni 2 517 taga yetgan — bu hisobotdagi davrning deyarli 40 foizini tashkil etadi.

Mualliflarning fikricha, ilgari qo‘llanilgan baholash usullari iqlim xavflarining ko‘lamini ancha past ko‘rsatgan va bu tahdidlarning aholi guruhlariga turlicha ta’sirini hisobga olmagan.

«Tadqiqotimiz iqlimiy xatarlarga baho berishda to‘liqroq va sezgirroq mezonlardan foydalanish naqadar muhimligini ko‘rsatmoqda, ayniqsa, ijtimoiy jihatdan zaif jamoalarda», — deya ta’kidlaydi olimlar.