Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Tramp Putin bilan suhbatdan so‘ng Kreml murosa qilishga tayyorligiga ishonch bildirmoqda hamda Kiyev va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishni talab qilmoqda.
Foto: Ludovic Marin/REUTERS
Ukraina o‘z hududlaridan qo‘shinlarini olib chiqmaydi, dedi mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng. «Agar Rossiya qo‘shinlarimizni yerimizdan olib chiqish uchun shart qo‘ysa, bu ular urush tugashini istamayapti, degani. Chunki ular Ukraina buni qilmasligini aniq tushunishadi», — dedi Zelenskiy 19 may, dushanba kuni kechki brifingda.
Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uning konstitutsiyaviy burchi mamlakat mudofaasini davom ettirishdir. «Ultimatumlar bo‘lmaydi, hech kim o‘z yerlarini, o‘z xalqini, uyini tashlab qo‘ymaydi», deb ta’kidladi u.
Ukraina prezidenti, shuningdek, Tramp Rossiya murosaga tayyor ekanini aytganiga e’tibor qaratdi. Oq uy rahbari uchun eng muhimi, Kiyev va Moskva bevosita muzokaralarni boshlashi. Shu bilan birga, Zelenskiyning o‘zi urushni tugatish yo‘lidagi birinchi qadam sifatida o‘t ochishni to‘xtatishni ko‘rishni xohlaydi, chunki bu bilan ruslar tinch yo‘l orqali kelishuvga chinakam tayyor ekanligini namoyish etishlari mumkin edi.