Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Vengriyaga yetib bordi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
O‘zbekiston yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
yengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Budapesht shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Samolet oldida O‘zbekiston yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 20 may kuni oliy darajadagi O‘zbekiston—Vengriya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Davlat rahbari Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.
O‘zbekiston prezidenti 21 may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.