Kamerun shimolida mina portlashi oqibatida besh nafar askar halok bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Kamerunlik besh askar mamlakat shimolida patrul paytida qo‘lbola portlovchi qurilmadan halok bo‘ldi.
Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mina “Boko Haram” terrorchilik guruhi a’zolari tomonidan qo‘yilgan. Xavfsizlik manbasining agentlikka ma’lum qilishicha, hujumda halok bo‘lganlarning barchasi Kamerun qurolli kuchlarining elita bo‘linmasi bo‘lgan Tezkor harakat batalyonining a’zolari bo‘lgan.
Mahalliy polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Kamerun mintaqada 2014 yildan beri faol bo‘lgan "Boko Haram"ning tez-tez hujumlari ortidan mintaqada harbiy patrullarni kuchaytirdi.
Manba: www.aniq.uz