Prezident o‘quvchilarga dars vaqtida telefondan foydalanishni taqiqlovchi qonunni imzoladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Davlat rahbari “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ta’lim, tarbiya va bolalar xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QR Qonunini imzoladi, deb xabar beradi Aqorda matbuot xizmati.
Qonun matni matbuotda e’lon qilinadi.
1 fevral kuni Senatning yalpi majlisida “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ta’lim, tarbiya va bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni ma’qullandi.
Qonun Parlament deputatlari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
Hujjatni qabul qilishdan asosiy maqsad yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning ta’lim va huquqlarini himoya qilish sohasidagi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishdan iborat.
Bundan tashqari, bolalar xavfsizligi uchun derazalarni himoya qulflari bilan ta’minlash majburiyati to‘g‘risidagi qoida taklif etiladi. Shuningdek, yangi kichik tumanlarda ko‘p xonadonli uy-joylar qurilishi jarayonida binolarning loyiha hujjatlariga ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim va sog‘liqni saqlash ob’ektlarining majburiy bo‘lishi to‘g‘risidagi normalar kiritilgan. Ya’ni, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarini joylashtirish hisobga olinmasa, bu hududda ko‘p qavatli uylar qurish taqiqlanadi. Yangi talab uch smenali maktablar muammosini hal etish, sifatli ta’lim berish, aholiga oson va tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Manba: www.aniq.uz