softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Fransiyada kriptobiznesmenlarga hujumlar seriyasi kuzatilmoqda

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Fransiyada kriptobiznesmenlarga hujumlar seriyasi kuzatilmoqda

Batafsil o'qish:

Ularni yoki oila a’zolarini o‘g‘irlab ketib, katta miqdorda pul talab qilishmoqda.

Gonzalo Fuentes / Reuters / Scanpix / LETA

Fransiyada bir necha oy ichida kripto-tadbirkorlar va ularning qarindoshlariga qarshi bir qator hujumlar sodir bo‘ldi. Hujumlarning maqsadi har safar bir xil – pul evaziga o‘g‘irlash. Va ba’zi urinishlar muvaffaqiyatli bo‘ldi. Shunga o‘xshash voqealar dunyoning boshqa mamlakatlarida ham sodir bo‘lmoqda, ammo Fransiyada muammo allaqachon ichki ishlar vaziriga yetib borgan – va u bular ahyon-ahyonda uchraydigan hodisalar emasligini tasdiqlagan. Katta ehtimol bilan, kripto-boylarni ovlaydigan qandaydir jinoiy guruh yuzaga kelgan, deb yozadi The Wall Street Journal.

16 may kuni Fransiya ichki ishlar vaziri Bryuno Retayo kriptovalutalar bilan bog‘liq kompaniyalar rahbarlarini uchrashuvga taklif qildi. Unda kriptobiznesmenlarga qarshi davomli hujumlar muhokama qilingan.

Uchrashuvga Paymium kriptovaluta birjasining hammuassisi va bosh direktori Piyer Nuazning qizi va nabirasiga qilingan hujum bevosita sabab bo‘lgan. Bu voqea 13 may kuni ertalab Parijda sodir bo‘ldi. Noma’lum shaxslar ikki yoshli qizi bilan ayolni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan, biroq uning turmush o‘rtog‘i o‘tkinchilar yordamida bezorilardan qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Retayo bir necha oy ichida Fransiyada kamida beshta shunga o‘xshash hujum sodir bo‘lganini tasdiqladi. Shunday qilib, yanvar oyida kriptohamyonlar ishlab chiqaruvchi Ledger kompaniyasi hammuassisi David Ballan va uning rafiqasi o‘g‘irlab ketilgan. Ballanning hamkorlariga 10 million yevrolik tovon puli talab qilingan bir nechta video yuborilgan. Videolardan birida Ballanning barmog‘i kesib tashlangani aks etgan.

Politsiya Ballan ushlab turilgan joyni topib, uni ozod etishga muvaffaq bo‘ldi. O‘g‘rilar tadbirkorning rafiqasni alohida joyda saqlashgan. Ertasi kuni uni pul evaziga ozod qilishgan. Ballanning hamkorlari keyinchalik to‘lovning katta qismini qaytarib olishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ancha oldinroq ro‘y bergan voqealar ham bor. 2023 yil avgust oyida Maltada yashovchi, YouTube va Twitch’dagi strimlari bilan tanilgan fransiyalik professional poker o‘yinchisi Killian Desnoning otasi o‘g‘irlab ketilgan. Desnoga otasining bog‘lab qo‘yilgani va boshiga to‘pponcha tirab qo‘yilgani aks etgan video yuborishgan. Desno tovon puli to‘lagan va otasi ozod qilinishiga erishgan. Tez orada politsiya gumonlanuvchilarni qo‘lga oldi. WSJ manbasiga ko‘ra, ulardan biri keyinchalik qamoqda bo‘lganida Ballanni o‘g‘irlashni tashkillashtirishda ishtirok etgan.

Fransiya ichki ishlar vaziri bu hodisalarning barchasi bir-biri bilan bog‘liqligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlik buyurtmachilari yosh jinoyatchilar orasidan ijrochilarni topib, Telegram va Signal messenjerlari orqali ular bilan bog‘lanishadi. Bu usul qisman nima uchun o‘g‘irliklar ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchrashini izohlaydi: ularni eng tajribali banditlar amalga oshirmaydi.

Nishondagi qurbonlarning iziga tushish nisbatan oson. Birinchidan, bir necha yil ichida turli kriptovaluta kompaniyalari foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari, jumladan, ularning hisobvaraqlari holati va uy manzillari bo‘yicha bir nechta yirik sizib chiqishlar sodir bo‘ldi. Ikkinchidan, Fransiyada kompaniyalarning rasmiy ommaviy reyestrlarida ko‘pincha egalarining uy manzillari ko‘rsatiladi. Va nihoyat, uchinchidan, kripto-boylar ko‘pincha o‘zlarining hashamatli hayotini ko‘z-ko‘z qilishadi: ular ijtimoiy tarmoqlardagi xatti-harakatlari, strimlari va shunga o‘xshash jihatlari bilan e’tibor tortadi va shu bilan birga kerakli ehtiyot choralarini ko‘rishmaydi.

Bunday hodisalar faqat Fransiyada sodir bo‘layotgani yo‘q. 2024 yil iyul oyida Estoniyada avstraliyalik kriptomilliarder Tim Hitni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishdi, ammo u qochib qutulishga muvaffaq bo‘ladi. Sentyabr oyida Florida shtatida 12 kishidan iborat to‘da kriptovalutada katta miqdordagi jamg‘armalarga ega bo‘lgan odamlarning uyiga bostirib kirib, qiynoqlar va tahdidlar bilan ularni katta miqdordagi pullarni o‘tkazishga majburlagan.