softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Fransiya Pavel Durovning AQShga borishiga ruxsat bermadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Fransiya Pavel Durovning AQShga borishiga ruxsat bermadi

Batafsil o'qish:

Telegram asoschisi 2024 yil avgustdan beri Fransiyada sud nazorati ostida qolmoqda. Uning mamlakatdan tashqariga chiqishi cheklangan.

Foto: Getty images

Fransiya hukumati Telegram asoschisi Pavel Durovning «investitsiya fondlari bilan muzokaralar o‘tkazish uchun» Qo‘shma Shtatlarga borishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Parij prokuraturasi bayonotiga tayanib, Politico xabar berdi.

Idoraning qayd etishicha, qaror 12 may kuni «bunday safar uchun zarur va muhim asos yo‘qligi bois» qabul qilingan.

18 may kuni Durov Parijda o‘zi yashayotgan Hotel de Crillon’ga Fransiya Tashqi razvedka xizmati (DGSE) rahbari Nikolya Lerner kelganini aytgandi. Durovning so‘zlariga ko‘ra, amaldor undan Ruminiyada o‘tkazilayotgan saylovlar oldidan Telegramʼda «konservativlar ovozini o‘chirishni» so‘ragan. Durovning ta’kidlashicha, u Lernerning iltimosiga rad javobini bergan. Fransiya hukumati ayblovni butunlay rad etmoqda.

DGSE vakillarining ma’lum qilishicha, ularning vakillari rostdan ham bir necha bor Durov bilan uchrashgan, ammo bu aloqalardan maqsad faqat uning messenjer asoschisi sifatida terrorchilik kontenti va bolalar pornografiyasi tarqalishining oldini olish mas’uliyatini eslatish bo‘lgan. Razvedka xizmatining rasmiy izohida keltirilishicha, DGSE uchrashuvlar vaqtida saylov jarayoniga aralashish bo‘yicha biror talab tilga olinganini keskin rad etadi.

Hozirda Pavel Durov Fransiyada sud nazorati ostida. Uning mamlakatdan tashqariga chiqishi cheklangan: u hukumatning rasmiy ruxsatisiz Fransiya hududini tark eta olmaydi. 2025 yil bahorda Fransiya hukumati Durovning Dubayga borib-kelishiga vaqtincha ruxsat bergan edi.

Pavel Durov 2024 yil avgustda Parijda ushlangan edi. Telegram asoschisi messenjer terrorchilik propagandasi va bolalar pornografiyasiga oid materiallar tarqalishiga qarshi kerakli choralarni ko‘rmaganlikda ayblanmoqda. Huquq-tartibot organlarining ta’kidlashicha, platforma ma’muriyati tizimli ravishda taqiqlangan kontentni bloklash talablarini e’tiborsiz qoldirib kelgan.