softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi

Batafsil o'qish:

Hujjatga muvofiq, ishlab chiqaruvchilar qashshoq mamlakatlar ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z mahsulotining 20 foizini JSSTga ajratishlari kerak bo‘ladi.

Foto: Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kelajakdagi pandemiyalarga (koronavirus kabi) qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi. Hujjat uch yillik muzokaralardan keyin Jyenevada o‘tkazilgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasida qabul qilindi.

Reutersʼning yozishicha, hujjatning qabul qilinishida qachondir JSSTning eng yirik donori bo‘lgan AQShning yo‘qligi, kelishuv samaradorligini shubha ostiga qo‘yadi.

JSST bosh direktori Tedros Gebreyyesus yangi kelishuvni «jamoat salomatligi va ilm-fan uchun g‘alaba» deb atab, u mamlakatlarga bo‘lajak tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishga yordam berishini ta’kidladi.

Ushbu xalqaro bitim tashkilotga a’zo davlatlar zimmasiga pandemiya sharoitida vaksinalar, dori-darmon va diagnostika vositalaridan adolatli foydalanishni ta’minlash majburiyatini yuklaydi. Ishlab chiqaruvchilar qashshoq mamlakatlar ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z mahsulotining 20 foizini JSSTga ajratishlari kerak bo‘ladi.

Prezident Donald Trampning tashabbusi bilan JSST a’zoligidan chiqqan AQShning esa bitimga hech qanday aloqasi bo‘lmaydi.

Hujjat 124 ta ovoz bilan qabul qilindi, 11 ta davlat ovoz berishdan tiyildi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning hech biri «qarshi» ovoz bermadi.

Xalqaro bitim muhokamasi iyul oyida boshlanib, ikki yilgacha davom etishi mumkin bo‘lgan patogen ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvdan so‘ng kuchga kiradi.