softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qiladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qiladi

Batafsil o'qish:

Sanksiyalar Bashar Asad davrida joriy etilgan. O‘tgan yil dekabrda u hokimiyatdan ag‘darilgach, g‘ard davlatlari Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishni boshladi.

Foto: AFP

Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.

«Oxirgi 14 yil davomida YeI doim suriyaliklarni qo‘llab-quvvatlab keldi va bu ishni davom ettiradi», — deydi Kallas.

Shu bilan birga, u sanksiyalarning barchasi darhol yechiladimi yoki bu bosqichma-bosqicha amalga oshiriladimi — aniqlik kiritmadi. Deutsche Welle o‘zining diplomatik manbasiga tayanib yozishicha, Bryusseldagilar Damashqqa qarshi sanksiyalarni «bosqichma-bosqich» yechish va yumshatishlarni bekor qilish imkoniyati saqlanib qolishni istayotgani haqida yozdi.

13 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp ham Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

G‘arb davlatlarining Suriyaga nisbatan sanksiyalari mamlakatni Bashar Asad boshqargan davrda joriy etilgan. 2024 yil dekabrda u hokimiyatdan ag‘darildi va Rossiyaga qochib ketdi. Hokimiyat tepasiga «Hay’at Tahrir ash-Shom» keldi. Ular Suriya demokratik davlatga aylantirilishini va’da qildi.