Falastinliklar insonparvarlik yordamini olish uchun sohilda to‘planyapti
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalari orqali namoyish qilingan tasvirlarda to‘rt samolyotdan dengizga gumanitar yordam tushirilganini ko‘rish mumkin.
Minglab falastinliklar yordam olish umidida eksklavning janubiy qismi qirg‘og‘i tomon kela boshlagan. Aholining bir qismi suzish, kimlardir baliq ovlash qayig‘i yordamida oziq-ovqat va boshqa mahsulot, buyumlarni olishga harakat qilgan.
2,3 million aholiga ega G‘azo sektori aholisi gumanitar falokatga duch kelmoqda.
Xalqaro tashkilotlar va BMT institutlari ocharchilik, suv va gigiyena vositalari yetishmovchiligi ortidan turli kasalliklar kelib chiqayotganini ta’kidlab, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, mintaqaga insonparvarlik yordami oqimini oshirishga chaqirmoqda.
Manba: www.aniq.uz