Berlinda Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida tinchlik muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Berlinda Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida tinchlik muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda.
Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Ararat Mirzoyan va Jeyhun Bayramov Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ishtirokida uchrashdi.
Muzokaralardan maqsad o‘nlab yillar davom etgan Tog‘li Qorabog‘ mojarosini hal qilishdir.
"Mintaqada barqaror tinchlik o‘rnatish imkoniyati mavjud bo‘lgan holda, ikkala tomon o‘tmishni orqada qoldirish uchun allaqachon dadil qadamlar qo‘ygan. Ozarboyjon va Armaniston davlatlari o‘rtasida kelishuvga erishish har ikki mamlakat chegarasidan tashqarida ham ijobiy samara beradi va Janubiy Kavkaz mintaqasida farovonlikka yo‘l ochadi", — deya fikr bildirdi Berbok.
Berlindagi tinchlik muzokaralari bo‘yicha kelishuv Germaniya kansleri Olaf Shols, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning fevral oyi o‘rtalarida Myunxen xavfsizlik konferensiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishilgan edi.
Manba: www.aniq.uz