AQSh yana Rossiyagacha yetib boradigan raketani sinovdan o‘tkazdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Sinov parvozi «odatiy faoliyatning bir qismi» bo‘lib, yadroviy tiyib turish samaradorligini namoyish etish uchun mo‘ljallangan, dedi AQSh harbiylari.
Foto: X / SLDelta30
21 may, chorshanba kuni AQSh Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini rejali sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Kaliforniyadagi Vandenberg havo kuchlari bazasi qo‘mondonligi 21 may kuni. Raketa Mark-21 High Fidelity De-Entry bir dona jangovar kallak bilan jihozlangan. Jangovar kallak Tinch okeanining markaziy qismidagi Marshall orollarida Kvajaleyn shahridagi Ronald Reygan ballistik raketaga qarshi mudofaa poligonigacha taxminan 4200 milya masofani bosib o‘tdi.
«Ushbu sinov parvozi Amerika Qo‘shma Shtatlarining yadroviy to‘xtatuvchisi xavfsiz va 21-asr tahdidlarini oldini olishda samarali bo‘lib qolishi hamda ittifoqchilarimizga ishonch hosil qilishini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan muntazam va davriy tadbirlarning bir qismidir», deyiladi bayonotda.
Minuteman III qattiq yonilg‘idagi qit’alararo ballistik raketasi 1970 yildan beri AQSh armiyasida foydalanishda. Uning massasi taxminan 36 tonna, maksimal parvoz masofasi 9500 kilometrdan, tezligi esa soatiga 24 ming kilometrdan oshadi. Bu AQSh strategik yadroviy kuchlari tarkibidagi yagona shaxtada saqlanadigan qit’alararo ballistik raketa hisoblanadi. AQSh Harbiy-havo kuchlari veb-saytiga ko‘ra, hozirda Qo‘shma Shtatlarda bu raketalarning 400 tasi mavjud bo‘lib, ularning har biri uchtagacha yadroviy kallakni olib yurishga qodir.