softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan

Batafsil o'qish:

2022 yilning aprel oyidan beri Braziliya kontrrazvedka xizmati u yerda yillar davomida Braziliya pasportida yashab, AQSh, Yevropa va Yaqin Sharqda topshiriq kutayotgan kamida to‘qqiz nafar rossiyalik agentni fosh qildi, deb yozadi The New York Times.

Foto: Getty Images

Rossiya razvedka xizmatlari Braziliyani AQSh, Yevropa va Yaqin Sharqda missiyalarni bajarishda chuqur yashirin operativlar uchun «josuslik fabrikasi»ga aylantirdi, deb yozadi 21 may, chorshanba kuni The New York Times (NYT) o‘z surishtiruvi natijalariga tayanib. Unga ko‘ra, Braziliya kontrrazvedka organlari ushbu rus josuslarining yacheykasini aniqlagan va Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan keyin uni yo‘q qilgan.

Jurnalistlar Braziliyada yillar davomida yashirincha yashab, Braziliyaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari va pasportlarini qo‘lga kiritgan, do‘stlar orttirgan va u yerda ish topgan rus agentlari haqidagi hikoyalarni keltirdi. «Biri zargarlik biznesini ochdi. Yana biri sarg‘ish, ko‘k ko‘zli model edi. Uchinchisi Amerika universitetiga qabul qilindi. Norvegiyada ish topgan braziliyalik tadqiqotchi va oxir-oqibat Portugaliyaga ketgan er-xotin bor edi», deb yozadi NYT.

Yuzlab hujjatlarni tahlil qilib, uch qit’ada o‘nlab politsiya va razvedka xodimlaridan intervyu olgan surishtiruv mualliflarining aytishicha, Braziliya Rossiyaning eng elita razvedka zobitlari uchun «yig‘ish konveyeri» va «uchirish maydonchasi»ga aylangan.