softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kursklik amaldor Putindan Sumi viloyatini bosib olishni so‘radi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Kursklik amaldor Putindan Sumi viloyatini bosib olishni so‘radi

Batafsil o'qish:

Ukraina armiyasi Rossiya bilan chegaradosh Sumi viloyatini 2022 yil martida, Rossiyaning Kiyevga hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda ozod qildi.

Foto: AP

Kursk viloyati Glushkovo tumani rahbari Pavel Zolotarev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda uni Ukrainaning Sumi viloyatini bosib olishga chaqirdi. 21 may, chorshanba kuni TASS davlat agentligi xabariga ko‘ra, bu Putin va Kursk viloyatidagi munitsipalitetlar rahbarlarining uchrashuvida sodir bo‘ldi. Ukraina kuchlarini chegaradan necha kilometr uzoqlashtirish kerakligi haqida gapirgan Zolotarev: «Sumi bizniki bo‘lishi kerak. Yarim oroldagidek yashay olmaymiz. Biz ko‘p bo‘lishimiz kerak. Hech bo‘lmaganda Sumi. Men shunday deb o‘ylayman» dedi. «Shuning uchun ular Aleksandr Yevseyevichni (Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn) saylashdi, u ham ko‘proq narsani xohlaydi», deb javob berdi Putin.

Rossiya chegarasidan taxminan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Sumi shahri muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda. DeepState loyihalaridan birining ma’lumotlariga ko‘ra, Sumi viloyatida Rossiya harbiylari tomonidan bosib olingan hududlar yo‘q. Rossiya armiyasi uni 2022 yil mart oyida, Kiyevga hujum muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin tark etdi.

Ayni paytda Ukraina Milliy gvardiyasi 20 may kuni Rossiyaning Sumi viloyatidagi o‘q otish poligoniga bergan zarbasi natijasida olti ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Putin Kursk viloyatida «ko‘ngillilar» bilan uchrashuvda ushbu zarba haqidagi savolga javob berar ekan, Ukraina Qurolli kuchlari «chegara» tomon harakatlanayotganini aytdi.

13 aprel kuni Rossiya harbiylari Sumi shahri markaziga raketa hujumi uyushtirdi va 35 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi. 120 dan ortiq kishi jarohatlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi zarba nishoni "Seversk" operativ-taktik guruhi qo‘mondonlik shtabining yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy bo‘lganini ma’lum qildi.