Kursklik amaldor Putindan Sumi oblastini bosib olishni so‘radi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Ukraina armiyasi Rossiya bilan chegaradosh Sumi oblastini 2022 yil martida, Rossiyaning Kiyevga hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda ozod qilgandi.
Foto: AP
Rossiyaning Kursk oblasti Glushkovo rayoni rahbari Pavel Zolotarev mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda uni Ukrainaning Sumi oblastini bosib olishga chaqirdi. 21 may, chorshanba kuni TASS davlat agentligi xabariga ko‘ra, bu Putin va Kursk oblastidagi munitsipalitetlar rahbarlarining uchrashuvida sodir bo‘ldi. Ukraina kuchlarini chegaradan necha kilometr uzoqlashtirish kerakligi haqida gapirgan Zolotarev shunday dedi: «Sumi bizniki bo‘lishi kerak. Yarimoroldagidek yashay olmaymiz. Biz ko‘p bo‘lishimiz kerak. Hech bo‘lmaganda Sumi. Men shunday deb o‘ylayman».
«Shuning uchun ular Aleksandr Yevseyevichni (Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn) saylashdi, u ham ko‘proq narsani xohlaydi», deb javob bergan Putin.
Rossiya chegarasidan taxminan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Sumi shahri muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda. DeepState loyihalaridan birining ma’lumotlariga ko‘ra, Sumi oblastida Rossiya harbiylari tomonidan bosib olingan hududlar yo‘q. Rossiya armiyasi uni 2022 yil mart oyida, Kiyevga hujum muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin tark etgandi.
Ayni paytda Ukraina Milliy gvardiyasi 20 may kuni Rossiyaning Sumi oblastidagi o‘q otish poligoniga bergan zarbasi natijasida olti ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Putin Kursk oblastida «ko‘ngillilar» bilan uchrashuvda ushbu zarba haqidagi savolga javob berar ekan, Ukraina qurolli kuchlari «chegara» tomon harakatlanayotganini aytdi.
13 aprel kuni Rossiya harbiylari Sumi shahri markaziga raketa hujumi uyushtirgan va 35 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgandi. 120 dan ortiq kishi jarohatlangan. Rossiya mudofaa vazirligi zarba nishoni "Seversk" operativ-taktik guruhi qo‘mondonlik shtabi yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy bo‘lganini ma’lum qilgandi.