softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Sud Trampga Ta’lim vazirligining barcha xodimlarini ishga qaytarish majburiyatini yukladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Sud Trampga Ta’lim vazirligining barcha xodimlarini ishga qaytarish majburiyatini yukladi

Batafsil o'qish:

AQSh prezidenti 20 martda Ta’lim vazirligini yopishga oid farmonni imzolagan edi. Massachusets sudi vazirlik faoliyatini to‘liq tiklash bo‘yicha qaror chiqardi.

Foto: AP

Massachusets okrug sudi Donald Trampga AQSh Ta’lim vazirligi faoliyatini to‘liq tiklash majburiyatini yukladi, deb xabar beradi CNBC.

«Departament o‘z funksiya va majburiyatlarini, shuningdek, Kongress tomonidan belgilangan boshqa qonunchilik aktlarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak», — deyiladi federal sudya Men Chjunning qarorida.

Shunday qilib, prezident ma’muriyati vazirlikning 1,3 mingdan ortiq xodimini lavozimga tiklashi kerak bo‘ladi.

Donald Tramp 20 mart kuni Ta’lim vazirligini qisqartirish jarayonini boshlashga oid farmonni imzolagan edi. Unda ta’lim vaziri Linda Makmahonga «Ta’lim vazirligini yopilishini ta’minlash va ta’lim sohasidagi vakolatlarni shtatlarga qaytarish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rish» topshirilgan. Farmon imzolanganidan bir necha kun o‘tib, o‘qituvchilar kasaba uyushmalari va huquq himoyachilari prezident ma’muriyati ustidan sudga shikoyat kiritgan.

Da’voga ko‘ra, ish o‘rinlarining bunday qisqartirilishi ta’lim vazirligini butunlay falajlaydi, oqibatda departament o‘z funksiyalarini bajarolmay qoladi. Bu esa AQSh konstitutsiyasiga zid, Kongress vakolatlari cheklanmoqda.

«Chunki vazir Makmahonga qonuniy funksiyalarni yo‘q qilish yoki buzishga ruxsat berilmagan, u qonun bilan belgilangan ruxsatdan tashqari vazirlikning mas’uliyatini boshqa agentlik yoki tashkilotga o‘tkaza olmaydi», — deyilgan edi arizada.

Tramp vazirlikni yopish qarorini davlat xarajatlarini qisqartirish dasturi doirasiga qabul qilgan. U shuningdek, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi kabi boshqa tashkilotlar ham yopilishini aytgan. Ammo bu uning vazirlik darajasidagi idorani yopish yo‘lidagi birinchi urinishi hisoblanadi.