softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Daniyada pensiya yoshi oshiriladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Daniyada pensiya yoshi oshiriladi

Batafsil o'qish:

Mamlakat parlamenti 2040 yilga borib 70 yoshdan pensiyaga chiqishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini tasdiqladi.

Foto: Shutterstock

Daniya parlamenti pensiya yoshini bosqichma-bosqich 70 yoshga qadar oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tasdiqladi.

Unga ko‘ra, o‘zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 2030 yilga borib daniyaliklar 68 yoshdan, 2035 yilda — 69 yoshdan, 2040 yilda esa 70 yoshdan pensiyaga chiqishlari mumkin. Hozirda mamlakatda 67 yoshdan pensiyaga chiqiladi.

Mazkur tashabbusni Folketing (parlament) deputatlarining aksariyati qo‘llab-quvvatlagan — yig‘ilishda ishtirok etganlarning 81 nafari. Shuningdek, 21 nafar parlamentariy qonun loyihasiga qarshi chiqqan.

Islohotni qo‘llab-quvvatlovchilar buni o‘zgaruvchan demografik vaziyatga moslashish zarurati bilan izohlamoqda — mamlakatda umr ko‘rish davomiyligi barqaror o‘sib boryapti. Biroq hamma ham bu yangilikni xursandchilik bilan qabul qilgani yo‘q: kasaba uyushmalari vakillari allaqachon xavotir bildirib, har kim ham bunday yoshgacha samarali ishlay olmasligini ta’kidlagan.

Shunga qaramay, Daniya rasmiylari yangi yondashuv kelajakda pensiya tizimining barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishini aytmoqda.