Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Eron delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi, AQSh tomoniga esa Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff boshchilik qilmoqda.
Foto: Getty images
Eron va AQSh vakillari yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarning beshinchi raundini boshladi, deb xabar beradi ISNA agentligi.
«Tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi juma kuni ertalab Eron va AQSh o‘rtasidagi bilvosita muzokaralarning beshinchi raundida ishtirok etish uchun rasmiy delegatsiya bilan Italiyaga jo‘nab ketdi va kunduzi shaharga yetib bordi», — deyiladi xabarda.
Eron delegatsiyasiga Abbos Arakchi, AQSh tomoniga esa prezident Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff boshchilik qilmoqda. Eron TIV vakili muzokaralar boshlanishidan oldin Tehron uchrashuvda sanksiyalar va yadroviy dastur bo‘yicha AQSh pozitsiyasiga oid masalalarni ko‘tarishini ma’lum qilgandi.
11 may kuni O‘monda ikki mamlakat o‘rtasidagi bilvosita muzokaralarning to‘rtinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Eron TIV uni «murakkab, ammo bir-birini tushunish uchun foydali» deb atadi. OAVning yozishicha, Tehron Vashingtonga uranni boyitish bo‘yicha mintaqaviy konsorsium tuzish g‘oyasini taqdim etgan — uning tarkibidan nafaqat Eron, balki Saudiya Arabistoni va BAA ham o‘rin oladi. 13 may kuni AQSh muzokaralar davom etayotganiga qaramay, Tehronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. NBC Eron cheklovlar bekor qilinishi evaziga yadroviy bitim bo‘yicha AQSh shartlariga rozi bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi.