softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov

Batafsil o'qish:

RF tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, hozirda Rossiya tomoni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z shartlari ro‘yxatini shakllantirmoqda.

Foto: AP

Rossiya 23 may kuni boshlangan asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z shartlari ro‘yxatini Ukrainaga taqdim etishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavorov ma’lum qildi.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva hozirda ro‘yxat ustida «faol ish olib bormoqda».

«Harbiy asirlar almashinuvi tugashi bilan biz Ukraina tomoniga Rossiya hozirda yakunlash arafasida turgan hujjat loyihasini taqdim etishga tayyor bo‘lamiz», — deydi RF TIV rahbari.

Ukraina va Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z shartlari batafsil keltirilgan hujjatlarni almashishga Istanbuldagi muzokaralar vaqtida kelishib olgan.

Rossiya, shuningdek, alohida «bo‘lajak tinchlik bitimi to‘g‘risida memorandum» tayyorlamoqda. U haqda ilk bor RF prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatidan keyin ma’lum qilgandi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, shartlar ro‘yxati va memorandum — ikkita alohida hujjat.

«1000 ga 1000» formulasi bo‘yicha asirlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga ham Istanbul muzokaralarida erishilgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va RF Mudofaa vazirligi 23 may kuni jarayon boshlanganini tasdiqladi. U bir necha kun davom etishi mumkin.