softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi

Batafsil o'qish:

Jarohat olganlarning uch nafarini ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Gumonlanuvchi shaxs politsiya tomonidan ushlangan.

Foto: DPA

Hamburgdagi markaziy vokzalda yuz bergan hujum oqibatida kamida 12 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya va o‘t o‘chirish xizmati ma’lum qildi.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vokzalda fuqaro pichoq bilan bir necha kishiga jarohat yetkazgan. Gumonlanuvchi tezkor xodimlar tomonidan ushlangan», — deyiladi politsiya bayonotida.

AFP agentligining Hamburg o‘t o‘chirish xizmati vakiliga tayanib ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida 12 kishi jarohat olgan. Bild nashriga ko‘ra, jarohat olganlarning uch nafari og‘ir ahvolda, yana uch nafari jiddiy yaralangan. Olti kishiga yengil jarohat yetgan.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 18:05 da poyezd kelishidan oldin platformada sodir bo‘lgan. Hujumni ayol kishi amalga oshirgani ma’lum qilindi. Uning bu kabi harakatlariga nima sabab bo‘lgani noma’lum.

Ayrim jabrlanuvchilarga tibbiyot xodimlari poyezd vagonlarining o‘zida yordam ko‘rsatishga majbur bo‘lgan. Yuz bergan voqea sabab bosh vokzalda poyezdlar qatnovi butunlay to‘xtatilgan.