OAV Ukrainada 109 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
«Mediazona» va VVS rus xizmati ko‘ngillilar bilan birgalikda Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan 109 625 nafar rossiyalik harbiyning ismlarini aniqladi.
Foto: Aliona Kardash/Stern
Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasining tasdiqlangan yo‘qotishlari 109 625 kishiga yetdi. Buni "Mediazona" va Britaniyaning VVS media kompaniyasining rus xizmati ma’lumotlari tasdiqlaydi, ular ko‘ngillilar guruhi bilan birgalikda frontda halok bo‘lgan rossiyalik askarlar sonini hisoblamoqda. 23 may, juma kuni yangilangan hisobotga ko‘ra, 9 maydan beri ikki hafta davomida qurbonlar soni 2009 nafarni tashkil qilgan.
Yangi hisobotda jurnalistlar urush tarafdori qo‘shiqchi Vika Tsiganovaning Telegramʼda chop etilgan ma’lumotlaridan foydalangan. U Moskva viloyatining Mishetskoye qishlog‘idagi qabristonga tashrif buyurgan va urushda halok bo‘lganlarning 33 ta yangi qabrini aniqlagan. «Biz ushbu qabristonda dafn etilganlarning barchasini ro‘yxatimizga qo‘shdik. Bular 33 emas, 34 ta ism va Tsiganova ma’lumoti nashr etilishidan oldin bizda marhumlardan faqat ikkisi haqida ma’lumot bor edi, xolos», deb ta’kidlaydi "Mediazona".
Odatda, jurnalistlar va ko‘ngillilar ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, e’lon qilingan nekrologlar va boshqa ochiq manbalar asosida statistik ma’lumotlarni to‘playdi.
Mishetskoye qabristonidan 2024 yilning noyabr oyidan faol foydalanilmoqda: o‘lim sanalariga ko‘ra, 1 noyabrdan keyin 23 kishi halok bo‘lgan, deyiladi xabarda. Jurnalistlar tomonidan o‘rganilgan, oshkor qilingan ma’lumotlar bazalariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati «oddiy ko‘ngillilar»dir.