softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Batafsil o'qish:

Sulton Sulaymon II roli bilan tanilgan aktyor Xolid Ergench yolg‘on ko‘rsatma berganlikda aybli deb topildi.

Turkiyaning Istanbul shahri sudi «Muhtasham asr» serialidagi Sulton Sulaymon II roli bilan tanilgan aktyor Xolid Ergenchni tergov jarayonida yolg‘on ko‘rsatma bergani uchun 1 yil 10 oy qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Sud dastlab Ergenchni 2 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum qildi, biroq sudga hurmat ko‘rsatgani uchun jazo muddati qisqartirildi. Aktyor Rizo Kojao‘g‘li ham qamoq jazosini oldi. Ammo, ikkala aktyorga nisbatan sudlanganlik holatlari yo‘qligi sababli jazo turi shartli qilib qo‘yildi. Endi ular qamalmaydi.

Hukm 2013 yilda Istanbulning Gezi bog‘ida ekologik norozilik sifatida boshlangan va hukumatga qarshi keng ko‘lamli harakatga aylangan ommaviy noroziliklar bilan bog‘liq.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Xolid Ergench bu ishga guvoh sifatida jalb qilindi: tergovchilar uni jinoiy ishdagi asosiy shaxslardan biri, aktyor va faol Memet Ali Alobora bilan aloqalari haqida qiziqdi. Ergench u bilan aloqalari haqida yolg‘on ko‘rsatma berganlikda ayblandi, chunki telefon suhbatlari ma’lumotlari va namoyishlar paytida Alobora bilan tushgan fotosuratlari ko‘rsatmalariga mos kelmadi. Prokuratura Ergenchni 2 yildan 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni talab qildi.

Sud jarayonida Ergench o‘z ko‘rsatmalarida faqat savollarga javob berganini va yolg‘on gapirmaganini aytib, ayblovlarni rad etdi. Uning tushuntirishicha, ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar, jumladan menejer Oysha Borim bilan tanishuvi yuzaki bo‘lgan va yaqin aloqalarni nazarda tutmaydi. Aktyor fotosuratlari e’lon qilinganidan so‘ng, ular o‘zining voqealardagi roli haqida jamoatchilikni chalg‘itganini aytib, qarshi da’vo arizasi bermaganidan afsusda ekanini bildirdi.