softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Fransiyada yirik blekaut yuz berdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Fransiyada yirik blekaut yuz berdi

Batafsil o'qish:

Minglab uylar va Kann kinofestivali elektrsiz qoldi.

Foto: AFP

24 may kuni ertalab Fransiya janubida yirik blekaut yuz berdi va 160 mingga yaqin uy elektr ta’minotisiz qoldi, deb xabar berdi CNN.

Elektr uzilishi mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida boshlandi va Kann xalqaro kinofestivalining ishiga ta’sir ko‘rsatdi. Fransiyaning RTE elektr tarmog‘i kompaniyasi xabariga ko‘ra, Kann, Antib, Mandele va boshqa bir qator shaharlar zarar ko‘rgan.

Qayd qilinishicha, elektr tokining o‘chirilishiga ikkita hodisa sabab bo‘lgan. Birinchisi, Var departamentidagi Tanneronda yuqori voltli nimstansiyada sodir bo‘lgan yong‘in, ikkinchisi, bir necha soatdan keyin Sen-Kassiyen ko‘li hududidagi elektr uzatish minorasining qulashi.

RTE kompaniyasiga ko‘ra, blekaut sabotaj oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Hozir urishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu yil 28 aprel kuni Portugaliya, Ispaniya va Yevropaning boshqa qator mamlakatlarida elektr energiyasi keng ko‘lamda o‘chgan edi. Uzilish sababi hamon noma’lum.