softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiya yana Ukrainani yoppasiga o‘qqa tutdi: 10 dan ortiq kishi halok bo‘lgan

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiya yana Ukrainani yoppasiga o‘qqa tutdi: 10 dan ortiq kishi halok bo‘lgan

Batafsil o'qish:

Tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ikki tomon o‘zaro zarbalarni kuchaytirmoqda. Ukrainaga urush boshidan buyon kuzatilgan eng yirik havo hujumlaridan biri amalga oshirildi. Undan oldinroq Rossiya ukrainlarning zarbalariga javoban «adekvat javob» qaytarish bilan tahdid qilgandi.

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiya harbiylari 24 mayga o‘tar kechasi Ukraina bo‘ylab ballistik raketalar va dronlar qo‘llagan holda yopirilma hujum amalga oshirdi. Ukraina qurolli kuchlari mamlakat hududiga jami «Iskander-M/KN-23» rusumli 14 ta ballistik raketa, shuningdek, «Shaheed» tipidagi 250 ta zarbdor dronlar va imitator dronlar bilan hujum qilingani haqida xabar bergan. Raketalardan oltitasi hamda 128 ta dron urib tushirilgan, yana 117 ta dron «manzilidan og‘ishgan» yoki radioelektron kurash vositalari sifatida qulagan.

Kiyev, Dnipropetrovsk, Odessa, Xarkiv, Donetsk va Zaporijjya oblastlari zarbalar ostida qolgan. Ukraina poytaxti rasmiylari bu hujumni urush boshlanganidan buyon Kiyevga «eng yirik kombinatsiyalashgan hujumlardan biri» deb baholagan. Urib tushirilgan raketalar va dronlar parchalari shaharning bir necha rayoni hududlariga tushib, ko‘p qavatli uylar, noturar joylar va infratuzilmalarni, jumladan, savdo markazi hamda avtomobillarni zararlagan.

Zarbalar oqibatida mamlakat bo‘ylab kamida 14 kishi halok bo‘lgan.

Ukraina milliy politsiyasiga ko‘ra, Kiyevda to‘rt kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralangan. Kiyev oblasti rahbari Mikola Kalashnik telegram-kanalida Rossiya zarbalaridan keyin yong‘in ichida qolgan bir nechta uyning suratlarini joylashtirdi. Kiyevda ko‘plab yong‘inlar sodir bo‘lgan, turar joy binolari, jumladan, yotoqxona shikastlangan.

Yuzlab odamlar metro bekatlarida yashiringan. Bu yakshanba kuni har yili nishonlanadigan Kiyev kuni kunida sodir bo‘ldi.

Xmelnitskiy oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Tyurinning ma’lum qilishicha, Rossiyaning so‘nggi hujumlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi yaralangan. «Oltita xususiy uy vayron bo‘ldi, yana 20 tasiga zarar yetdi», – deya qo‘shimcha qildi u.

FVDX ma’lumotlariga ko‘ra, Jitomirda 8, 12 va 17 yoshli uch bola halok bo‘lgan, 10 kishi yaralangan, xususiy uylar vayron bo‘lgan va shikastlangan.

Shuningdek, Mikolayivda dron kelib urilgan besh qavatli turar joy binosidan keksa yoshli erkak jasadi topilgan. Yana besh kishi jabrlangan.

Xarkivdagi rasmiylar bir kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralanganini ma’lum qildi. Donetsk oblastidagi Konstantinovka shahri o‘qqa tutilishi oqibatida ham bir kishi halok bo‘lib, uch kishi jarohat olgan.

Shikastlangan ko‘p qavatli uy
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevlik kishi RF hujumi vaqtida shikastlangan ko‘p qavatli uy hovli​​​​​sida 
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiyaning yopirilma zarbalari Ukraina dronlarining Rossiya hududlariga hujumlari kuchayishi, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining «Kiyev rejimi tomonidan ommaviy terrorchilik hujumlariga munosib javob berishi» haqidagi tahdidlari fonida sodir bo‘ldi. Vazirlik Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayanib, 20 maydan 23 maygacha Rossiya hududlariga hujumlar «bir necha barobar ko‘paygani«» - Ukraina dronlarining 788 ta hujumi qayd etilganini ma’lum qildi. Rossiya TIV Ukrainani qayta tiklangan Rossiya-Ukraina muzokaralari va keng ko‘lamli asirlar almashinuvini buzishga urinishda aybladi.

24 mayga o‘tar kechasi amalga oshirilgan hujum oqibatida shikastlangan kvartira
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevlik kishi hujum vaqtida shikastlangan avtomobili yonida
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

«Agenstvo» nashri ham AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati taklif qilgan zudlik bilan sulh tuzish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, shuningdek, 18 may kuni urush boshlanganidan beri Rossiya tomonidan Ukrainaga uyushtirilgan eng yirik havo hujumi ortidan Ukraina dronlarining hujumlari intensivligi oshganini qayd etgan. O‘shanda Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qurolli kuchlari tomonidan uchirilgan 273 ta dron haqida xabar bergan edi.

Ukraina qurolli kuchlari hisobotiga ko‘ra, 19 maydan Rossiya hujumlari intensivligi pasaygan: dushanba kuni Rossiya 112 ta dron uchirgan, seshanba kuni bu miqdor – 108, chorshanba kuni – 76, payshanba kuni – 128 taga teng bo‘lgan. Ammo, 23 may kunidan Rossiyaning Ukraina regionlari bo‘ylab zarbalari yana kuchaygan – tun davomida 175 ta dron uchib kelgan.

O‘z navbatida, RF mudofaa vazirligi 24 may kuni kechqurun va ertalab havo hujumidan mudofaa vositalari Rossiyaning olti oblastida ukrainlarning yuzdan ortiq dronlari urib tushirilgani haqida xabar berdi. Moskva vaqti bilan soat 00:00 dan 07:00 gacha Ukrainaning 110 ta droni urib tushirildi va tutib olindi, jumladan 13 tasi Moskva oblasti hududida, deyiladi vazirlik xabarida.

OAV va telegram-kanallariga ko‘ra, nishonlar Lipetsk oblastidagi kimyoviy tok manbalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Energiya» zavodi, shuningdek, Tula oblastidagi ammiak va azot o‘g‘itlari ishlab chiqaradigan «Azot» kimyoviy kombinati bo‘lgan. Tula gubernatori Dmitriy Milyayev Novomoskovskdagi korxonalardan biriga dron hujumi uyushtirilganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerda shikastlangan kislota idishi topilgan. Shaharda gaz quvuri ham shikastlangan. Hududga uyushtirilgan hujum oqibatida uch kishi jabrlangan.