softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi

Batafsil o'qish:

Bu boradagi bayonot Saudiya Arabistoni va Fransiya tomonidan tashkil etiladigan xalqaro konferensiyada e’lon qilinadi. Shuningdek, Fransiya ham Falastin mustaqilligini tan olishni rejalashtirmoqda.

Foto: AP

Malta bosh vaziri Robert Abela o‘z mamlakati tez orada Falastin mustaqilligini tan olishini ma’lum qildi, deb yozmoqda Times of Malta.

Maltada Falastin elchisi bor, ushbu mamlakat 2024 yilda BMT Bosh assambleyasining Falastin davlatining tashkilotga to‘laqonli a’zolik huquqini tan oluvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlagan, biroq hozircha Falastin davlatini rasmiy ravishda tan olganini e’lon qilmagan.

Abelaning so‘zlariga ko‘ra, tegishli bayonot 20 iyun kuni BMT ko‘magida Saudiya Arabistoni va Fransiya tomonidan tashkil etiladigan xalqaro konferensiyada e’lon qilinadi. Malta vakillarining ta’kidlashicha, konferensiyada o‘z mamlakati Falastinni tan oladigan yagona davlat bo‘lmaydi.

Axios’ning yozishicha, iyun oyida Fransiya ham Falastin mustaqilligini tan olmoqchi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2025 yil aprel oyida France 5 ga bergan intevyusida «yaqin oylarda» shu kabi bayonot bilan chiqish rejasi borligini aytgandi. HAMAS guruhi o‘shanda Fransiyaning Falastinni tan olish qarori «muhim qadamga» aylanishini bildirgan edi, Isroil TIV rahbari Gideon Saar esa «soxta davlat»ning tan olinishini qoralagan va uni «terrorizm uchun mukofot» deb atagan.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda Norvegiya, Irlandiya, Ispaniya, Sloveniya va Armaniston Falastin mustaqilligini tan olganini e’lon qilgan edi.