Fransiya janubida blekaut: anarxistlar javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
24 va 25 may kunlari Kann va Nitssa shaharlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar uchun javobgarlikni ikki «anarxistik guruh» o‘z zimmasiga oldi.
Foto: Lorenzo Franzoni / Getty Images
Anarxistlar Fransiya riviyerasida elektr ta’minotidagi yirik uzilishlar uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishdi. Bu haqda 25 may, yakshanba kuni Fransiyaning Gras va Draginyan tumanlari prokuraturasiga taqdim etilgan anonim bayonotga asoslanib, BFMTV media kompaniyasi xabar berdi.
Bayonot 25 may kuni o‘ta so‘l faollar tomonidan boshqariladigan veb-saytda e’lon qilindi, deb xabar beradi BFMTV. Unda mualliflar o‘zlarini «Fransiya riviyerasidagi elektr ta’minoti obektlariga qilingan hujum» uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olgan ikki «anarxistlar guruhi» deb tanishtiradi.
«Kann kinofestivalining taqdirlash marosimi va tantanali oqshom arafasida biz Kann aglomeratsiyasini ta’minlovchi asosiy podstansiyani o‘chirib qo‘ydik va Nitssadan kelayotgan 225 kV elektr tarmog‘ini uzdik», — deyiladi xabarda.
Mualliflarning qo‘shimcha qilishicha, «o‘z ideallarini himoya qilish uchun» ular mintaqadagi tadqiqot markazlari, aviatsiya va aerokosmik kompaniyalar, startaplar, aeroport va boshqa sanoat, harbiy va texnologik obektlarni elektr energiyasisiz qoldirishni xohlagan.
Bayonotning haqiqiy ekani hali tasdiqlanmagan.