AQSh harbiylari husiylarning beshta dronini yo‘q qildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Zarbalar yamanlik isyonchilarning Qizil dengizdagi kemalarga uyushtirgan qator hujumlariga so‘nggi javob bo‘ldi. Seshanba kuni AQSh armiyasi AQSh va koalisiya kuchlari Qizil dengizda beshta husiy dronini urib tushirganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Amerika ovozi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, dronlar Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududlardan uchirilgan.
Qo‘mondonlik bayonotida aytilishicha, dronlar “hududdagi savdo kemalari, shuningdek, AQSh harbiy-dengiz kuchlari va koalisiya kemalari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘diradi”.
Bu Qizil dengizdagi kemalarga bir necha oydan beri davom etayotgan husiy hujumlariga qarshi yana bir chora edi.
Husiylar G‘azo sektoridagi urush paytida falastinliklar bilan hamkorlik qilayotganini aytadi.
Hujumlar ko‘plab yuk tashish kompaniyalarini Qizil dengiz yo‘laklaridan uzoqlashtirib, Afrika bo‘ylab uzoqroq va qimmatroq yo‘nalishni tanlashga majbur qildi.
Manba: www.aniq.uz