softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rosgvardiya birinchi marta paytavalardan voz kechadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rosgvardiya birinchi marta paytavalardan voz kechadi

Batafsil o'qish:

Rossiya askarlari yuzlab yillardan beri paytavadan foydalanib keladi. Endi esa harbiy xizmatchilarga paytava o‘rniga paypoq tarqatish boshlanadi.

Foto: Vasiliy Kuzmichyonok

Rosgvardiya rasman paytavalarni harbiy kiyim-kechak tarkibidan chiqarib, ularni eskirgan deb tan olmoqda. Paytavalar o‘rniga harbiy xizmatchilarga endi paypoqlar beriladi. Bu haqda normativ huquqiy hujjatlar federal portaliga joylashtirilgan buyruq loyihasida so‘z boradi.

Hujjat matniga ko‘ra, o‘zgartirishlar «Rosgvardiya qo‘shinlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, shuningdek, eskirgan kiyim-kechak sifatidagi ta’minot me’yorlaridan paytavalarni chiqarib tashlash» maqsadida kiritilmoqda.

Paytava — oyoqqa o‘rash uchun mo‘ljallangan mato bo‘lagidir. Rossiya askarlari undan yuzlab yillardan beri foydalanib keladi. Rosgvardiyani nazorat qilmaydigan RF Mudofaa vazirligi paytavalardan 11 yil oldin butunlay voz kechgandi — o‘shanda bu tashabbusni mudofaa vaziri Sergey Shoygu ilgari surgan.

«Hozirda oyoq kiyimlar mutlaqo boshqacha, ular yumshoq, chidamli, qulay. Shu bois tabiiyki, bugungi kunda paytavalar haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bugungi kunda paytava o‘rash — zamonaviy o‘q otish qurollarini 18-asrda bo‘lgani kabi g‘isht bilan tozalash kabidir. Bu shunchaki kulgili. Shunday ekan, paytavalar yo‘qolsin, paypoqlarga esa marhamat», — deya tashabbusni izohlagan Rossiya Davlat dumasi deputati Yevgeniy Revenko.

2024 yilda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan Sergey Shoygu yaqinda armiyada amalga oshirgan islohotlarini eslab o‘tgandi. U aynan paytavalardan voz kechish, haftasiga bir martagina hammomga borishni bekor qilish va ichki kiyimlarni muntazam almashtirishni ta’minlash xizmat sifatini yaxshilashga yordam berganini ta’kidlagan edi. «Nega uchinchi ming yillikda yashab turib, Birinchi jahon urushi vaqtidagidek paytava va etiklarda yurishimiz kerak?», — degandi u.