softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Germaniyalik er-xotin yo‘qolgan mushugini qidirishga 22 ming dollar sarfladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Germaniyalik er-xotin yo‘qolgan mushugini qidirishga 22 ming dollar sarfladi

Batafsil o'qish:

Ular qariyb bir yildan beri har dam olish kunlari 450 km yo‘l bosib, mushuk yo‘qolgan hududga plakatlar ilib chiqmoqda.

Foto: The Times

Germaniyalik er-xotin Rafal va Monika Klaynshmit o‘zlarining yo‘qolib qolgan mushugini qidirishga 22 ming dollardan ortiq pul sarfladi, deb yozadi The Times.

Qayd etilishicha, Nero laqabli mushuk 2024 yilning iyulida, Rafal va Monika dam olishga ketishni rejalashtirayotganida uydan qochib ketgan. «Rafiqam bilan ta’tilni Kimgauda o‘tkazmoqchi edim. U o‘sha yerdagi reabilitatsiya markazida edi. Men Erlangendagi mehmonxonaga to‘xtadim. Keyin esa Nero o‘zining transport qutisidan sakrab tushib, qochib ketdi», — deydi erkak.

Shundan so‘ng er-xotin mushukni topish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni amalga oshirgan. Xususan, ular har dam olish kunlari 450 kilometr yo‘l bosib, mushukning rasmi tushirilgan plakatlarni ilib chiqadi va Neroning e’tiborini tortish uchun u yaxshi ko‘rgan tunets balig‘ini xarid qiladi.

Ta’kidlanishicha, uy hayvonini qidirish jarayonida er-xotin benzin, mehmonxonalarda yashash, maxsus kamera va ovqatlar xarid qilishga umumiy hisobda 22 ming dollar sarflagan.

Qidiruv ishlari natijaga bermayotganiga qaramay, Rafal va Monika umidlarini yo‘qotmagan. Buning ustiga mushuk chiplangan, shu bois volontyor yoki shunchaki befarq bo‘lmagan odamlar yordamida uning qayerda ekani istalgan vaqtda ma’lum bo‘lib qolishi mumkin. «U men uchun muhim ahamiyatga ega. U oilamiz do‘sti va a’zosi. Va sen do‘stlaringni tashlab ketmaysan. Men taslim bo‘lmayman. Men uning hali ham tirikligiga ishonaman», — deydi Rafal.