Mers: Ukraina uchun qurol masofasiga endi hech qanday cheklov yo‘q
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Berlin, London, Parij va Vashington endi Kiyevga yetkazib beriladigan qurol-yarog‘ turlari masofasini cheklamaydi, deya ma’lum qildi Germaniya kansleri Fridrix Mers. U buni Ukraina uchun hal qiluvchi omil deb atadi.
Foto: Michael Kappeler/dpa/picture-alliance
Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yetkazib beriladigan qurol-yarog‘lar masofasiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi, dedi Germaniya kansleri Fridrix Mers 26 may, dushanba kuni. "Endi Ukrainaga yetkazib beriladigan qurol-yarog‘lar masofasida hech qanday cheklov yo‘q – na inglizlarda, na fransuzlarda, na bizda. Hech qanday cheklov yo‘q".
Mersning so‘zlariga ko‘ra, bu Ukraina endi, jumladan, Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga zarba berish orqali ham o‘zini himoya qila oladi degani. «Yaqin vaqtgacha, juda kam istisnolardan tashqari, u buni qila olmagandi. Endi qila oladi», dedi Germaniya hukumati rahbari va bu Ukrainaning urushni sifatli olib borishi uchun «hal qiluvchi ahamiyatga ega» ekanligini ta’kidladi.
Mers Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etish uchun «qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini» tasdiqladi. Shuning uchun, dedi kansler, u yaqinda Kiyevga Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Polsha bosh vaziri Donald Tusk bilan «ko‘ngillilar koalitsiyasi» tarkibida tashrif buyurgan.