Yangi Zelandiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri Uinston Peters Rossiya kompaniyalari va fuqarolariga qarshi yangi sanksiyalar paketi joriy etilganini ma’lum qildi.
Bu haqda vazirlik rahbarining mamlakat hukumati saytida e’lon qilingan bayonotiga asoslanib “Report” xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, yangi cheklovlar Rossiya nefti narxlari va ayrim tovarlarning ushbu mamlakat va Belarusga vositachilar orqali eksport qilinishiga, shuningdek, Rossiya fuqarolari va kompaniyalari uchun moliyaviy-iqtisodiy cheklovlarga ta’sir qiladi.
Yangi Zelandiya Rossiyaning 45 fuqarosi va mavjud cheklovlarni, jumladan, mamlakat mudofaa sanoati uchun texnologiyalarni sotib olishni chetlab o‘tishga aloqador 16 tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.
Manba: www.aniq.uz