softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi

Batafsil o'qish:

U o‘zini bu lavozimda ishlashni istamayotgandek ko‘rsatdi - bu tarixiy ramziy an’ana hisoblanadi.

Foto: Getty images

Liberal deputat Frensis Skarpalejia Kanada jamoalar palatasi spikeri etib saylandi. 26 may kuni parlament a’zolari 5 oylik tanaffusdan so‘ng yangi liberal liderni saylash va umumiy saylov o‘tkazish uchun palataga qaytdi.

Yashirin ovoz berish jarayonida Skarpalejia boshqa besh nafar liberal, jumladan sobiq spiker Greg Fergus bilan raqobatlashib, g‘alaba qozondi.

An’anaga ko‘ra, saylovdan keyin yangi spiker qo‘ltig‘idan ushlanib, majburan lavozim kursisiga keltirildi. U ba’zida ortga tisarilib, o‘zini bu lavozimda ishlashni istamayotgandek ko‘rsatdi.

Gap shundaki, Kanada yoki Britaniya tipidagi parlament tizimiga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya va Avstraliyada spikerni lavozim kursisiga majburan o‘tqazish an’anasi mavjud. Bu tom ma’nodagi zo‘ravonlik emas, balki marosim elementi hisoblanadi.

Ilgari, ayniqsa Angliya tarixida spiker lavozimi xavfli bo‘lgan: u qirol oldida parlament vakili edi va ko‘pincha turli masalalarda birinchi aybdor deb topilgan. Ba’zi spikerlar parlament irodasini ifodalagani uchun hatto boshidan ham ajralgan.

Shu bois, spiker saylangach, o‘z ixtiyori bilan kursini egallashni istamagan, uni «majburan», kuch bilan keltirishgan. Bu spiker hokimiyatga intilmayotgani, aslida xizmat yuzasidan shunga beixtiyor majbur bo‘layotgani ramzi edi.

Bugungi kunda bu an’ana ramziy marosim bo‘lib, spiker rolining tarixiy ahamiyati, uning xolisligi va parlamentarizm an’analarini hurmat qilishini anglatadi.