softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston prezidenti YUNISEF bilan sermahsul sheriklikni yuksak baholadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 may kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ijrochi direktori Ketrin Rasselni qabul qildi.

BMT tizimidagi ushbu yetakchi ixtisoslashgan institut bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalariga yuqori baho berilib, bolalar huquqlarini ta’minlash va imkoniyatlarini kengaytirish sohasidagi milliy dastur qo‘llab-quvvatlandi.

O‘zbekiston va YUNISEF o‘rtasidagi hamkorlik keyingi yillarda yuksak darajaga chiqqani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tashkilot ko‘magida mamlakatimizda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonun, aholini ijtimoiy himoya qilish va bolalar onkologiyasiga qarshi kurashish sohasida strategik hujjatlar qabul qilindi. Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksinatsiya tizimini rivojlantirishga ko‘maklashildi.

Qonunchilikni takomillashtirish, bolalarni parvarish qilish va qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, ijtimoiy xizmat va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va ularning sifatini yaxshilash, milliy standartlarni ishlab chiqish, ijtimoiy sug‘urtani kengaytirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi dasturni qabul qilish, shuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilish va manfaatlarini ilgari surish masalalari bo‘yicha qator xalqaro tadbirlarni birgalikda o‘tkazishga kelishib olindi.