Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Prezident ma’muriyati potensial abituriyentlar tekshiruvini kuchaytirmoqda. Xususan, endi ularning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari ham ko‘zdan kechiriladi.
Foto: Reuters
Donald Tramp ma’muriyati AQShda o‘qish niyatida bo‘lgan chet ellik barcha talabalarga yangi talablar joriy etishga tayyorlanmoqda. Politico ma’lumotlariga ko‘ra, prezident potensial abituriyentlar tekshiruvini kuchaytirmoqchi, xususan, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari ham ko‘zdan kechiriladi.
Qayd etilishicha, AQSh prezidenti ma’muriyati yangi tekshiruv shakliga tayyorgarlik doirasida mamlakat elchixonalari va konsulliklariga talabalar vizasini berish uchun yangi suhbatlar belgilashni to‘xtatishni buyurdi.
Talabalar tekshiruvini kuchaytirish to‘g‘risidagi qaror Donald Trampning Harvard universiteti ma’muriyati bilan bir necha oydan beri davom etib kelayotgan mojarosi fonida yuz bermoqda. 22 may kuni prezident Harvardga chet ellik talabalarni o‘qishga qabul qilishni taqiqlab qo‘ygandi. Bunga ta’lim muassasasi rahbariyati G‘azo sektorida Isroil operatsiyasi boshlanganidan beri Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyalar OTM hududida o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yib berayotgani sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 14 aprel kuni AQSh federal hukumati Harvard universitetiga 2,2 milliard dollardan ortiq grantlar va 60 million dollarlik shartnomalarni muzlatib qo‘ygani ma’lum bo‘lgandi.