softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Jo Baydenning shifokori uni o‘z vazifalarini bajarishga layoqatli deb topdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Jo Baydenning shifokori uni o‘z vazifalarini bajarishga layoqatli deb topdi

Batafsil o'qish:

AQSh prezidenti Jo Bayden Uolter Rid nomidagi milliy harbiy tibbiyot markazida har yillik tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Uning davolovchi shifokori Kevin O’Konnor Oq uy saytida e’lon qilingan hisobotida ma’lum qilishicha, Bayden avvalgidek “prezident vazifalarini muvaffaqiyatli bajara oladigan holatda”.

“Prezident Bayden — sog‘lom, faol, baquvvat 81 yoshli erkak, u avvalgidek prezident majburiyatlarini, shu jumladan, ijro hokimiyati rahbari, davlat rahbari va bosh qo‘mondon vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga qodir”, — deyiladi hisobotda.

8 fevral kuni Jo Bayden noqonuniy saqlab kelgan maxfiy hujjatlar haqidagi ishni tekshirayotgan AQSh maxsus prokurori Robert Gur prezidentga nisbatan jinoiy ayblovlar e’lon qilmaslikni tavsiya etgan, buni sud maslahatchilari uni “xotirasi past keksa odam” sifatida qabul qilishi mumkinligi bilan izohlagandi. Ish bo‘yicha hujjatlarda aytilishicha, Bayden o‘z siyosiy kar’erasi va shaxsiy hayotiga aloqador ko‘plab tafsilotlarni qiyinchilik bilan eslay oladi.

12 fevral kuni vise-prezident Kamala Xarris The Wall Street Journal’ga bergan intervyusida shunday zaruriyat yuzaga kelsa, AQSh prezidenti vazifalarini bajarishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, WSJ manbalariga ko‘ra, demokratlar bo‘lg‘usi saylovlarda Jo Baydenni boshqa nomzod bilan almashtirish bo‘yicha jiddiy muzokaralar olib borgani yo‘q.




Manba: www.aniq.uz