softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Zelenskiy Putin va Tramp bilan uchtomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Zelenskiy Putin va Tramp bilan uchtomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi

Batafsil o'qish:

Ukraina prezidenti «o‘zi, Tramp va Putin» uchrashuviga «tayyor» ekanini ma’lum qildi.

Foto: Getty images

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida uchtomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi, deb xabar berdi AFP 28 may kuni.

«Agar Putin ikkitomonlama uchrashuvdan qoniqmasa yoki hamma uning uchtomonlama bo‘lishini istasa, men hech qanday e’tirozim yo‘q. Men har qanday formatga tayyorman», dedi Zelenskiy 27 may kuni jurnalistlarga.

Ukraina prezidenti «o‘zi, Tramp va Putin» uchrashuviga «tayyor» ekanini qo‘shimcha qildi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Zelenskiyning ehtimoliy uchrashuvi bo‘yicha Moskvaning pozitsiyasida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini aytdi.

«Bunday uchrashuv ikki delegatsiya o‘rtasida turli sohalardagi aniq kelishuvlar natijasi bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan bizning pozitsiyamizda hech qanday o‘zgarishlar yo‘q», dedi Kreml vakili.

Vladimir Putin may oyi boshida Vladimir Zelenskiyning Rossiya-Ukraina muzokaralari chog‘ida Istanbulda shaxsan uchrashish taklifini rad etgan edi. Buning o‘rniga Putin muzokaralarga yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchiligidagi bir guruh rasmiylarni yubordi. Istanbul muzokaralarida Ukraina delegatsiyasiga Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qildi.