softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Braziliya hukumati BYD kompaniyasini odam savdosida ayblamoqda

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Braziliya hukumati BYD kompaniyasini odam savdosida ayblamoqda

Batafsil o'qish:

Shuningdek, Xitoy kompaniyasi Braziliyadagi zavodini qurishga jalb etilgan ishchilarga qullik sharoitidagi mehnatni tashkil qilgan. Ishchilarning ayrimlari matrasi yo‘q karavotlarda yotishga majbur bo‘lgan.

Foto: Reuters

Braziliya hukumati Xitoyning BYD avtomobil ishlab chiqaruvchisi va uning ikki pudratchisiga qarshi da’vo arizasi kiritdi. Ular Baiya shtatida zavod qurilishi chog‘ida odam savdosi va qullik sharoitidagi mehnatni tashkil qilganlikda ayblanmoqda.

Mehnat nizolari bilan shug‘ullanuvchi prokuratura BYD, China JinJiang Construction Brazil va Tecmonta Equipamentos Inteligentes kompaniyalaridan qurilishdagi ishchilarga ma’naviy zarar uchun 45 million dollar kompensatsiya to‘lashni talab qilmoqda. Bundan tashqari, prokuratura yuqorida nomlari keltirilgan kompaniya Braziliya mehnat qonunchiligiga rioya qilishlarini ta’minlashga, har bir qoidabuzarlik uchun zarar ko‘rgan ishchilarga 50 ming realdan pul to‘lashlariga erishmoqchi.

Da’vo arizasi o‘tgan yili BYDʼning Kamasari shahrida yangi zavodi qurilayotgan maydonchadan 220 nafar xitoylik ishchi qutqarilgani bilan bog‘liq tergov doirasida kiritilgan. Prokuratura hisobotida keltirilishicha, ishchilar Braziliyaga yolg‘on va’dalar va ularning lavozimlariga mos kelmaydigan vizalar orqali olib kelingan. «Ayrim ishchilar matrasi yo‘q karavotlarda uxlagan, ularning shaxsiy buyumlari esa ovqat yonida yotgan. Yuvinish xonalari kam va ular ishchilar jinsiga qarab ajratilmagan. Ular joylashgan uylarning birida 31 kishiga bitta hojatxona to‘g‘ri kelgan, natijada ishchilar o‘zlarini tartibga keltirish uchun tonggi soat to‘rtdan uyg‘onishga majbur bo‘lgan», — deyiladi hisobotda.

BYD o‘z aybini tan olmagan. Kompaniya tergov bilan hamkorlik qilayotgani, barcha e’tirozlarga sud eshituvlari doirasida javob qaytarishini ma’lum qilgan.