softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiyada qurilishdagi noqonuniy migrantlarni aniqlash uchun drondan foydalanildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiyada qurilishdagi noqonuniy migrantlarni aniqlash uchun drondan foydalanildi

Batafsil o'qish:

Dron yangi qurilayotgan ko‘pqavatli uy xonalarini tekshirdi va yashiringan odamlarni topdi.

Foto: Videodan kadr

«Rosgvardiya» xodimlari Krasnodar shahri politsiyasiga qurilish maydonlarida noqonuniy migrantlarni topishda yordam berish uchun dronlardan foydalandi. Kvadrokopterlardan olingan videoni «Rosgvardiya» Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasi e’lon qildi.

Kadrlarda dron yangi qurilayotgan ko‘pqavatli uy xonalarini tekshirayotgani va yashiringan odamlarni topgani ko‘rsatilgan.

Qayd qilinishicha, politsiya ikki qurilish obektidagi 100 dan ortiq xorijlik ishchilarni tekshirishga muvaffaq bo‘lgan.

«Ruxsatsiz ishlayotgan markaziy osiyolik 14 nafar noqonuniy migrant aniqlandi», deyiladi xabarda.

Ularni jarima va deportatsiya kutmoqda. OMON va SOBR xodimlari migrantlarni tintuv qilgan. Bu jarayon «profilaktika» deb nomlangan.

Avvalroq, Rossiya qurilish maydonlarida ishlayotgan migrantlar soni 500 ming kishini tashkil qilishi, bu 2024 yil boshiga nisbatan mutlaq ko‘rsatkichlarda 15-20 foizga kam ekani aytilgan edi. Bu holat Rossiyada qurilish sohasining sekinlashishi va bir vaqtning o‘zida migratsiya siyosatining keskinlashuvi tufayli ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi bilan izohlandi.